2022-yil 1-apreldan...
1) 2024-yil 31-dekabrgacha:
2) Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning oyiga 3 mln so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlari daromad solig‘idan ozod etiladi.
3) Ishlab chiqaruvchilardan 1.01.2025-yilgacha ijtimoiy soliq stavkasi 1 % miqdorda undiriladi. Agar:
4) Tadbirkorlik subyektlari uchun 1.01.2025-yilgacha quyidagilar bo‘yicha ijtimoiy soliq stavkasi 1 % etib belgilanadi:
Bunda:
5) 1.01.2025-yilga qadar tuman va shaharlarda belgilanadigan turizm hududlarida ro‘yxatdan o‘tgan hamda ushbu hududda umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun:
6) Qishloq joylarda antenna-machta metall konstruksiyalarini, ularga o‘rnatilgan va ularning ajralmas qismi bo‘lgan konstruksiyalar hamda ular egallagan yer uchastkalari yuridik shaxslarning mol-mulk va yer solig‘idan ozod etiladi.
7) 31.12.2022-yilga qadar tajriba tariqasida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Uzbekistan Airways” AJ misolida tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish tartibi joriy qilinadi.
8) 1.01.2024-yilga qadar muddatga hisobot davri yakunlari bo‘yicha elektrotexnika mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumi miqdori umumiy tushumining 80 %idan kam bo‘lmagan elektrotexnika tarmog‘i korxonalariga foyda solig‘i va mol-mulk solig‘i bo‘yicha stavkalarni 50 foizga kamaytirish tarzida soliq imtiyozlari beriladi.
9) 1.01.2025-yilgacha milliy musiqa cholg‘u asboblarini ishlab chiqarishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 %ini tashkil etadigan tashkilotlar uchun aylanmadan soliq va ijtimoiy soliq stavkasi 1 % etib belgilanadi.
10) Xususiy jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarining xizmatlarini realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasini QQSdan ozod qilish tarzidagi imtiyoz bekor bo‘ladi. Ushbu imtiyoz budjet tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan jismoniy tarbiya va sportga doir xizmatlarni realizatsiya qilish bo‘yicha anlanmaga nisbatan tatbiq etiladi.
11) Banklarining qiymati qat’iy summada belgilangan xizmatlari uchun QQS bo‘yicha belgilangan imtiyoz bekor bo‘ladi.