Soliq nizolarini sudgacha hal qilish
Har
bir shaxs soliq organlarining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjatlari,
ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan, agar ushbu
shaxsning fikriga ko‘ra bunday hujjatlar, harakatlar (harakatsizlik) uning
huquqlarini buzsa, shikoyat berish huquqiga ega.
Soliq
organlarining normativ-huquqiy hujjatlari ustidan qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Soliq
organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari
(harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi soliq organiga yoki sudga shikoyat
qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Shaxsning soliq organiga yoki sudga soliq
organining kuchga kirgan va kuchga kirmagan, normativ xususiyatga ega bo‘lmagan
hujjatlari, uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan
shikoyat qilingan murojaati, agar ushbu shaxsning fikriga ko‘ra mazkur
hujjatlar, harakatlar yoki harakatsizlik uning huquqlarini buzsa, shikoyat deb
e’tirof etiladi.
Shikoyat va unga ilova qilinadigan
hujjatlar soliq organiga yozma yoki elektron shaklda yuborilishi mumkin. Unda
quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) jismoniy
shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda yashash joyi yoki shikoyat
berayotgan yuridik shaxsning nomi va manzili;
2) soliq
organining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjati, mansabdor shaxsning
harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilayotgan shikoyat;
3) soliq
organining nomi, normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjat, ustidan shikoyat
berilayotgan mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi);
4) shikoyat
berayotgan shaxs o‘zining huquqlari qaysi asoslarga ko‘ra buzilgan deb
hisoblasa, o‘sha asoslar;
5) shikoyat
berayotgan shaxsning talablari.
Shuningdek, shikoyatni ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ilova qilinishi mumkin.
* Shikoyat uni bergan shaxs yoki uning
vakili tomonidan imzolanadi.
Soliq organlarining sayyor
soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilingan
qarorlari ustidan shikoyat yuqori turuvchi soliq organiga qarorlari ustidan
shikoyat qilinayotgan soliq organi orqali beriladi.
Qarorlari ustidan shikoyat
qilinayotgan soliq organi bunday ariza kelib tushgan kundan e’tiboran uch kun
ichida uni yuqori turuvchi soliq organiga barcha materiallar bilan birga
yuborishi shart.
Soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlari ustidan shikoyat shaxs o‘z huquqlari buzilganligi to‘g‘risida bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
Agar yuqorida qayd etilgan muddat uzrli sababga
ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, ushbu muddat shikoyat berayotgan shaxsning
iltimosnomasi bo‘yicha yuqori turuvchi soliq organi tomonidan tiklanishi
mumkin.
- shikoyatni
qanoatlantirmasdan qoldiradi;
- soliq organining
normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjatini bekor qiladi;
- soliq organining
qarorini to‘liq yoki qisman bekor qiladi;
- soliq organining qarorini to‘liq bekor qiladi va ish yuzasidan yangi qaror qabul qiladi;
- soliq organlari mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) noqonuniy deb e’tirof etadi va ishning mohiyati bo‘yicha qaror chiqaradi.
Yuqori turuvchi soliq organi,
agar quyidagilarni aniqlagan bo‘lsa, shikoyatni to‘liq yoki qisman ko‘rmasdan
qoldiradi:
1) shikoyat shikoyatni
bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanmagan bo‘lsa yoxud vakilning
shikoyatni imzolash uchun vakolatlarini tasdiqlovchi belgilangan tartibda
rasmiylashtirilgan hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa;
2) shikoyat Soliq
kodeksida belgilangan shikoyat berish muddati tugaganidan keyin berilgan va uni
tiklash to‘g‘risidagi iltimosnomani o‘z ichiga olmagan bo‘lsa yoki shikoyat
berish uchun o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash rad etilgan bo‘lsa;
3) shikoyat bo‘yicha
qaror qabul qilinishiga qadar shikoyatni bergan shaxs nomidan shikoyatni to‘liq
yoki qisman chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza kelib tushgan bo‘lsa;
4) ilgari aynan o‘sha
asoslar bo‘yicha shikoyat berilgan bo‘lsa;
5) shikoyat soliq
organining ilgari shikoyat qilingan qarori ustidan berilgan bo‘lsa;
6) shikoyat berish tartibi
buzilgan holda berilgan bo‘lsa;
7) shikoyat belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan bo‘lsa;
8) shikoyat qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi
doirasida yoki soliq to‘lovchi sudga shikoyat masalasi bo‘yicha murojaat
qilganda berilgan bo‘lsa.
Soliq organlarining sayyor
soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijasi yuzasidan qabul qilingan qaror
ustidan berilgan shikoyat yuqori turuvchi soliq organi tomonidan 1 oy
muddatda ko‘rib chiqiladi hamda zarur hollarda 15 kundan ortiq bo‘lmagan
muddatga uzaytirilishi mumkin.
Boshqa shikoyatlar yuqori turuvchi soliq organi tomonidan 15 kun muddatda ko‘rib chiqiladi hamda zarur hollarda 15 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
* Shikoyatni ko‘rib chiqish natijasi
bo‘yicha shikoyat bergan shaxsga 3 kun ichida ma’lum qilinadi.