2022-yil 1-yanvardan naqd pul tushumiga ega bo‘lgan barcha tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM yoki virtual kassalardan foydalanishi shart.
To‘lov terminali orqali qabul qilingan to‘lovlar uchun xaridorlarga to‘lov terminali cheki bilan birga onlayn-NKM yoki virtual kassa cheki ham berilishi shart.
Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM yoki virtual kassalarning narxi, qulayligi, funksionalligi va boshqa jihatlaridan kelib chiqqan holda erkin tanlash huquqiga ega.
VM-943-son qarori 1-ilovasi 8-bandi 23.11.2019-yil
2022-yil 5-may holatiga, onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi lozim bo‘lgan 174 787 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan 213 172 ta onlayn-NKM va virtual kassa ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Eslatib o‘tamiz! DSQ rasmiy saytida Onlayn-NKM, virtual kassa va TXKMlarning doimiy yangilanib boriladigan reestrlari bilan tanishishingiz mumkin.
Onlayn-NKM davlat reestri - https://soliq.uz/page/davlat-reestri
Virtual kassa davlat reestri - https://soliq.uz/page/virtual-kassa-reestri
Texnik xizmat ko‘rsatish markazlari davlat reestri - https://soliq.uz/page/txkm-reestri
Muhim! Onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanmaslik 5 mln so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Onlayn-NKM foydalanuvchilariga taqdim etilgan imtiyozlar