Qirg‘iz Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat soliq xizmati delegatsiyasi uch kunlik tashrif bilan Soliq qo‘mitasida bo‘lib turibdi.
Mutaxassislar O‘zbekistonning soliq ma’muriyatchiligi tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha tajribasini o‘rganmoqda.
Xarid qilingan tovarlar qiymatining bir qismini jismoniy shaxslarga qaytarish tizimi (keshbek), Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogi dan foydalanish, shuningdek, IT-mahsulotlarini ishlab chiqish va joriy etishni qo‘llab-quvvatlash qo‘shni respublikadagi hamkasblar uchun alohida qiziqish uyg‘otmoqda.
Yig‘ilishlarda faoliyatning qonunchilik jihatlari va pul mablag‘larini qaytarish mexanizmlari, “Soliq” mobil ilovasini texnik qo‘llab-quvvatlash va boshqa resurslar va xizmatlar muhokama qilinmoqda.
Malumot uchun. Oʻtgan yilidan boshlab Qirgʻizistonda Davlat soliq xizmatining "Chekni talab qiling - sovrin yutib oling!" yutuqli lotereya o‘yini oʻtkazilmoqda. O‘zbekistonda bunday sovrinli o‘yinlar 2020-2021 yillarda o‘tkazilgan.