1-sentabr holatiga, O‘zbekistonda 162 mingdan ortiq qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lovchilar mavjud.
3 yil ichida ularning soni ikki barobar, 2016-yildan buyon esa deyarli 20 barobar oshdi.
Mutaxassislar bu o‘sishni, birinchi navbatda, soliq yukini adolatli taqsimlash va kamaytirish bilan izohlamoqda.
Eslatib oʻtamiz! QQS stavkasi 2019-yil 1-oktabrdan boshlab 20 foizdan 15 foizga tushirilgan edi.
Davlatimiz rahbari 22-avgust kuni tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda 2023-yil 1-yanvardan QQS stavkasi 12 foizga tushirilishini ma’lum qildi.
2022-yilda 19,6 ming soliq to‘lovchi QQS to‘lashga o‘tdi:
QQS to‘lovchi sifatida maxsus ro‘yxatga olish uchun ariza berish va ko‘rib chiqish tartibi
2022-yilda QQS toʻlovchilar eng koʻp roʻyxatga olingan TOP-5 ta hudud:
Avvalroq, 7 oy davomida to‘langan 9,2 trillion so‘m QQS summasi tadbirkorlarga qoplab berilgani haqida xabar qilingan edi.
Yig‘ma axborot tahlil departamenti