Kuryerlar ham soliqqa tortiladimi? Mubin Mirzayev: Maqsad hamma daromad olayotganlardan soliq olish emas, birinchi o‘rinda aholini rasmiy ish bilan taʼminlab, daromad manbayiga ega qilish. Ayrim faoliyat turlari bilan o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro bo'lib ro'yxatdan o'tgan holda shug'ullanish mumkin. Ular 100 mln so‘mgacha daromadlaridan soliqdan ozod, ushbu summadan oshsa soliq to'lovchi bo'ladi. |
11.10.2024 Shu bois xizmat koʻrsatish sohasida ish oʻrinlarini qonuniylashtirish va ularni soliq hisobotida toʻgʻri aks ettirish eng ustuvor vazifa hisoblanadi. Shuni toʻgʻri koʻrsatsa, ushbu imtiyozlardan toʻliq foydalanadi. |
11.10.2024
Mubin Mirzayev: JSTga aʼzo boʻlgandan keyin importda ham, ichki bozorda ham QQS bir xil boʻlishi va soliq imtiyozlari boʻlmasligi kerak. Aksiz soligʻi bilan ham xuddi shunday — import va ichki bozor stavkalari bir xil boʻlishi kerak. Bu kichik biznes uchun yaxshi, chunki u teng sharoit yaratadi, ammo soliq imtiyozlari bekor qilinishi tufayli yirik kompaniyalarga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Oʻtish davri 2-3 yil davom etadi, shuning uchun hamma narsa bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. |
18.09.2024 Mazkur tadbirda Soliq qoʻmitasi Raisi oʻrinbosari Jahongir Abdiyev ishtirok etib, soliq organlari tomonidan koʻrsatilayotgan elektron xizmatlar, aholi va soliq organlari oʻrtasidagi munosabatlarni bajarishda mobil ilovalar va sunʼiy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish borasida yaratilayotgan qulayliklar haqida batafsil toʻxtalib oʻtdi. |
Deputatlar barqarorlik reytingi tizimini samarali tashkil etishga qaratilgan Qonun loyihasini muhokama qildi20.08.2024 Joriy yilning 20 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari M.Mirzayev majlis kun tartibidagi tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etilishini yana-da samarali tashkil etishga qaratilgan Qonun loyihasini o‘qib eshittirdi. |
Qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv01.08.2024 Joriy yilning 10-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar (klasterlar, paxta, g‘alla, meva-sabzavot, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa mahsulot yetishtiruvchilar) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mutaxassislar va tadbirkorlarning sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflarini tinglandi. Uchrashuvda Soliq qo‘mitasi Raisi Sh.Kudbiyev va boshqa tegishli vazirlik hamda idoralar rahbariyati ishtirok etdi. |
Eksport bilan shug’ullanuvchi korxona vakillari bilan uchrashuv01.08.2024Joriy yilning 1-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida eksport bilan shug’ullanuvchi korxona vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mutaxassislar va tadbirkorlarning sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflarini tinglandi.Uchrashuvda Soliq qo‘mitasi Raisi Sh.Kudbiyev ishtirok etdi. U soliq to‘lovchilarga yaratilayotgan qulayliklar haqida, xususan Soliq mobil ilovasida yuridik shaxslar shaxsiy kabinetining mobil versiyasi – "Soliq biznes" xizmati ishga tushirilganini ma'lum qildi. |
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv17.07.2024Joriy yilning 17-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mutaxassislar va tadbirkorlarning sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflari tinglandi. Uchrashuvda Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev ishtirok etdi va tadbirkorlarning bir qator takliflariga o‘z munosabatini bildirdi. Shuningdek tadbirkorlik faoliyatini yengillashtirishga qaratilgan yangiliklar haqida maʼlumotlar berdi. Batafsil |
Sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalaridagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot04.07.2024 2024-yil 4-iyul kuni Toshkent shahrida sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasidagi tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining muammolari va ularning yechimlari yuzasidan takliflar tinglandi. Uchrashuvda Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev va boshqa tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi. |
Biznes uchun jarayonlarni oson va qulay qilamiz04.07.2024 2024-yil 4-iyul kuni bo‘lib o‘tgan sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasidagi tadbirkorlar bilan uchrashuvda Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev biznes uchun jarayonlarni oson va qulaylashtirish uchun Soliq mobil ilovasida "Soliq biznes" xizmati ishga tushirilishini ma'lum qildi. "Soliq mobil ilovasida "Soliq biznes" xizmati ishga tushiriladi. Bunda faceID'dan o‘tgan foydalanuvchilar uchun elektron TTY to‘ldirish jarayonlari keskin soddalashadi." Sherzod Kudbiyev, Soliq qo‘mitasi Raisi |
Turizm va transport sohasi vakillari bilan uchrashuv 02.07.2024 Joriy yilning 2-iyul kuni Prezidentimizning tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida turizm (aviyakompaniya, turoperator, turfirma, mehmonxona, gid va boshqa) va transport sohasidagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflarni shakllantirish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi. Unda Soliq qo’mitasi raisi Sh.Kudbiyev va boshqa tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi. |
IV Xalqaro PLUS-forumda Soliq qo‘mitasining raqamlashtirish bo‘yicha
erishgan yutuqlari va istiqbol rejalari muhokama qilindi 12.06.2024 Joriy yilning 12-13-iyunlari kuni Toshkentda “Digital Uzbekistan” IV xalqaro PLUS-forumi bo‘lib
o‘tdi. Forumda Soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Jahongir Abdiyev soliq
organlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taqdimoti bilan ishtirok
etdi. |
Senatning
52-yalpi majlisida “Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga o‘zgartirish
kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi 18.05.2024 Qonun bilan Soliq kodeksiga fiskal huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun qo‘llaniladigan moliyaviy sanksiyalar kamaytirilishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda. Jumladan, Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasida belgilangan huquqbuzarliklar birinchi marta sodir etilganda jarima miqdori oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 % (amaldagiga nisbatan qariyb 98 %ga qisqaradi) miqdorida qo’llanilladi.
Muhokama
yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi. |
Tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokama qilindi 27.04.2024 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida o'tgan yig'ilishda Kengash a'zolari, Soliq qo’mitasi Raisi Sh.Kudbiyev, palata raisi D.Vaxobov hamda boshqa aloqador vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi. |
Soliq tizimida “mahallabay” ishlash - manfaatli hamkorlik 23.04.2024 2024-yil 23-aprel kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tadigan “Soliq tizimida “mahallabay” ishlash - manfaatli hamkorlik” mavzusidagi matbuot anjumani bo‘lib bo‘tdi. |
Raqamli markirovka - yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish orqali bozorni tartibga solishga xizmat qiladi 22.04.2024 2024-yil 22-aprelda “INNOPROM. Markaziy Osiyo 2024 xalqaro sanoat koʻrgazmasi doirasida “Markirovka tizimi: davlat va biznes uchun katta maʼlumotlar” mavzusida sessiya boʻlib oʻtdi. Unda Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Alimjon Fayzibayev vakillari ishtirok etdi. |
Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev mol-mulk va yer soligʻini oʻz vaqtida toʻlashga chaqirdi 15.04.2024 Eslatib
oʻtamiz! Soliq
kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy
shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng
ulushlarda to‘lashi lozim. Soliq mobil ilovasi
orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va
yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda
to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. ️Soliq to'lash
majburiyatining bajarilishi kechiktirilgan har bir kun uchun toʻlanmagan soliq
summasining 0,047% (MB qayta moliyalash stavkasi - 14% dan 1/300)
miqdorida penya hisoblanadi. |
Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi Qonun loyihasi ko‘rib chiqildi 02.04.2024 Qonunchilik palatasida Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi Qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Unda Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Fayzibayev Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi Qonun loyihasini o‘qib eshittirdi. |
Ochiq muloqot: Tadbirkor qo‘llab-quvvatlanadi02.03.2024 Soliq qoʻmitasi Raisining Urganch
tumanidagi tadbirkorlar bilan noodatiy formatda tashkil etilgan ochiq
muloqotida tadbirkorlar faoliyatida duch kelayotgan muammolar va yechimini
kutayotgan masalalar ijobiy hal etildi. |
XVI
“Ipak yo‘li” Soliq forumi ochilish marosimi28.02.2024 XVI “Ipak yo‘li” Soliq forumining
ochilish marosimida Xalqaro soliq va investitsiya markazi (ITIC) prezidenti
Daniel Vitt, Iqtisodiyot va moliya vaziri o'rinbosari Jasur Karshibayev hamda
Soliq qo‘mitasi raisi o'rinbosari Olimjon Fayzibayev ishtirok etdi.
“Umid
qilamizki, ushbu forum nafaqat mamlakatlarimiz soliq va moliya idoralari
o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun yaxshi asos yaratadi, balki
soliq siyosati va investitsiyalar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish bilan
shug‘ullanuvchi davlat va xususiy sektor mutaxassislari hamkorligiga yangi
sur’at bag‘ishlaydi.” Soliq qo‘mitasi raisi o'rinbosari Olimjon Fayzibayev. |
Soliq qoʻmitasi Raisi Xorazmda22.02.2024 Soliq qoʻmitasi Raisi Sh.Kudbiyev mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlari faoliyati hamda ayni yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida muntazam ravishda hududlarga tashrif buyurmoqda. Qoʻmita Raisi Urganch tumanidagi “Oyoq bog‘" hamda Xiva tumanidagi “Istiqlol” mahallasida boʻlib tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy faoliyat olib borishiga ko‘maklashish, soliq bazasini kengaytish bo‘yicha soliq inspektorlari tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. |
Barqarorlik reytingi: umumiy ovqatlanish va savdo sohasi vakillari bilan uchrashuv13.02.2024 “AAA” reytingdagi tadbirkorlarga nisbatan tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq shakllantirilmaydi. |
Qurilish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar uchun barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar06.02.2024 “Tadbikorlik reytingi soliq xizmati organlari yondashuvini oʻzgartiryapti. Ilk qadamlardan bittasi bu maʼlum shartlar (reyting) joriy etish hisobiga imkoniyatlarni cheklash, chegaralash yoki jazolash emas, balki yuqori reytingga erishilsa qoʻshimcha ragʻbatlantirishlar paydo boʻladi degan yoʻldan yurishni boshlayapmiz. Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi faqat ragʻbatlantirishga asoslangan.” Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev |
Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi – qulay, ishonchli va shaffof 31.01.2024 Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tekstil sanoati sohasi vakillariga yetkazishga bag‘ishlangan biznes muloqot …endi soliq to‘lovchi qancha uzoq vaqt ishlasa, qancha ko‘p odamni ish bilan ta’minlasa, ularning barqarorlik reytingi shuncha yuqori bo‘ladi va imkoniyatlari kengayadi. Soliq qo‘mitasi raisi Sh.Kudbiyev |
Soliq tizimi
va soliqchilar faoliyati tubdan qayta koʻrib chiqiladi22.01.2024 40 mingta budjet tashkiloti bilan ishlash vazifasi tumandan Soliq qoʻmitasida yangi tashkil qilinadigan Budjet tashkilotlari inspeksiyasiga oʻtkaziladi. Ushbu Inspeksiya toʻliq raqamlashgan boʻladi va Gʻaznachilik elektron tizimiga integratsiya qilinadi. Shuningdek, soliq qarzdorligi bilan
ishlash boʻyicha ham qoʻmita qoshida Soliq qarzini undirish inspeksiyasi
tashkil etiladi. Unga Majburiy ijro byurosida mavjud vakolatlar beriladi. Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha
inspeksiya tarkibida 80 ta eng yirik korxona va 35 ta tijorat banki bilan
ishlaydigan yangi tuzilma tashkil qilinadi.
Soliq
qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari mazkur oʻzgarishlar yuzasidan
"Tahlilnoma" dasturiga intervyu berdi. |
Chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv 18.12.2023 Savdo-sanoat palatasida Soliq qoʻmitasi raisi Sh.Kudbiyev ishtirokida boʻlib oʻtgan mazkur uchrashuvda tadbirkorlarning avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimlarini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashmagani uchun javobgarlik choralarini qoʻllash masalasi muhokama etildi. |
“2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonun va Budjetnoma muhokamasi 02.11.2023 Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotishda cheklangan savdo ustamalari bekor qilinishi ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan sunʼiy ravishda soliq bazasini kamaytirib ko‘rsatishni oldini oladi va aholiga sifatli dori vositalarini realizatsiya qilinishini taʼminlaydi. Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari M.Mirzayev |
Sh.Kudbiyev: “QQS to‘lashga o‘tish chegarasini oshirish emas, kamaytirish kerak” 07.09.2022 Davlat soliq
qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev Kun.uz'ga bergan intervyusida qo‘shilgan
qiymat solig‘iga doir ayrim savollarga javob berdi. |
“Samarasiz
va alohida shaxslarga berilgan soliq imtiyozlarini bekor qilamiz” – Soliq
qoʻmitasi masʼuli imtiyozlar haqida 29.04.2022 |
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod KUDBIYEVning “Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari bosh muharririga intervyusi
2017-2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi —
IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA LIBERALLASHTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod KUDBIYEVning “Yangi O‘zbekiston” gazetasi muhbiriga intervyusi
Soliq yukini kamaytirish, uning maʼmurchiligini soddalashtirish va soliq idoralarining nazorat funksiyalarini takomillashtirish tizim faoliyatining asosiy mezonlari “Yangi O‘zbekiston” gazetasi, 174-son 28.08.2021-y.
Respublikamizda koronovirus pandemiyasi natijasida e'lon qilingan karantin jarayonida narx – navolarning oshib ketishini oldini olish bo‘yicha dehqon bozorlari va supermarketlarda hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etkazuvchi sub'ektlarda bevosita monitoring o‘tkazilmoqda.