Javob
Yoq qollanilmaydi, bunda uy-joy sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlari va ular boyicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yonaltirilgan summani jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligidan ozod qilish tarzidagi imtiyozlar 2021-yil 1-yanvardan bekor qilindi PF-6011-son Farmon, 19.06.2020-yil.Olingan ipoteka kreditlarini va ular boyicha hisoblangan foizlarni soliq davri davomida jami on besh million somgacha bolgan miqdorda qoplashga, basharti yakka tartibdagi uy-joyning yoki kop qavatli uydagi xonadonning qiymati uch yuz million somdan oshmasa hamda u dastlabki badalning va yoki ipoteka krediti boyicha foizlarning bir qismini qoplash uchun byudjetdan ajratilgan subsidiyalarni hisobga olgan holda olingan bolsa, ushbu kreditni qoplash uchun yonaltirilgan summasiga soliq solinmaydi.Mazkur imtiyoz qarz oluvchiga va birga qarz oluvchilarga, imtiyoz olish huquqiga ega bolgan barcha soliq tolovchilarga berilgan, soliq solinishi lozim bolgan daromadlarni kamaytirish summasi soliq davri davomida jami on besh million somdan oshmagan taqdirda, tatbiq etiladi SK 378-moddasi on oltinchi band.