Javob
O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 115-moddasiga muvofiq, Soliq to'lash majburiyatiga ega bo'lgan soliq to'lovchi uni to'lashga doir to'lov topshiriqnomasini xizmat ko'rsatuvchi bankka o'zining bank hisobvarag'ida pul mablag'lari bor-yo'qligidan qatiy nazar, ushbu Kodeksda belgilangan to'lov muddatidan kechiktirmasdan taqdim etishi shart. Soliq kodeksining 273-moddasiga muvofiq, soliq to'lovchilar hisobot oyidan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmasdan qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha to'lovlarni amalga oshirishlari belgilab qo'yilgan. O'zbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 175-moddasida, to'lov intizomini buzgan tadbirkorlik subektlari mansabdor shaxslariga nisbatan javobgarlik belgilangan. Ushbu moddaning 6-bandida Soliq to'lovchi tomonidan byudjetga va davlat maqsadli jamg'armalariga soliqlar hamda boshqa majburiy to'lovlarni to'lash uchun to'lov topshiriqnomasini xizmat ko'rsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki o'z vaqtida taqdim etmaslik bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Mazkur huquqbuzarlik mamuriy jazo chorasi qo'llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Hurmatli soliq to'lovchilar Soliq majburiyatlaringiz bo'yicha to'lov topshiriqnomalarini xizmat ko'rsatuvchi bankingizga o'z vaqtida taqdim etishni unutmang. Soliq organi insofli soliq to'lovchining biznes hamkori