Javob
Surxondaryo viloyatining tog'li hududlarida va er maydonlari sho'rlangan hududlarida davlat ro'yxatidan o'tib, yangidan tashkil etilgan va ushbu tumanlarda hududlarda o'z faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subektlari bundan klasterlar mustasno yuridik shaxslardan olinadigan er solig'ini, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, aylanmadan olinadigan soliqni to'lashdan 2024 yil 1 yanvarga qadar bo'lgan davrda ozod qilinadi.Shuningdek, 2021 yil 10 sentyabrdan 2024 yil 1 yanvarga qadar bo'lgan davrda foyda solig'ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari bo'yicha to'laydi.Tog'li hududlarning hamda er maydonlari sho'rlangan hududlarning ro'yxati xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan tasdiqlanadi SK 483-moddasi.