Javob
Yo'q qo'llanilmaydi, bunda uy-joy sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlari va ular bo'yicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yo'naltirilgan summani jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'idan ozod qilish tarzidagi imtiyozlar 2021 yil 1 yanvardan bekor qilindi PF-6011-son Farmon, 19.06.2020 yil.Olingan ipoteka kreditlarini va ular bo'yicha hisoblangan foizlarni soliq davri davomida jami o'n besh million so'mgacha bo'lgan miqdorda qoplashga, basharti yakka tartibdagi uy-joyning yoki ko'p qavatli uydagi xonadonning qiymati uch yuz million so'mdan oshmasa hamda u dastlabki badalning va yoki ipoteka krediti bo'yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun byudjetdan ajratilgan subsidiyalarni hisobga olgan holda olingan bo'lsa, ushbu kreditni qoplash uchun yo'naltirilgan summasiga soliq solinmaydi.Mazkur imtiyoz qarz oluvchiga va birga qarz oluvchilarga, imtiyoz olish huquqiga ega bo'lgan barcha soliq to'lovchilarga berilgan, soliq solinishi lozim bo'lgan daromadlarni kamaytirish summasi soliq davri davomida jami o'n besh million so'mdan oshmagan taqdirda, tatbiq etiladi SK 378-moddasi o'n oltinchi band.