Javob
2019 yil 1 yanvardan boshlab Ko'chmas mulk ijarasi shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo'yish tartibi to'g'risidagi Nizomga Adliya Vazirligi 3077-son bilan 11.10.2018y. ro'yxatga olingan asosan turar va noturar mulkni ijaraga berish shartnomasi soliq organlarida hisobga qo'yiladi.Buning uchun, ijara beruvchi va ijaraga oluvchi o'rtasida ikki tomonlama shartnoma tuzilishi va uni soliq organlarida hisobga qo'yish lozim.Shartnomani hisobga qo'yish uchun soliq organlari tomonidan hech qanday haq olinmaydi.Hisobga qo'yish ikkita usulda amalga oshiriladi.1. Davlat soliq qo'mitasining my.soliq.uz elektron soliq xizmatlari portalidagi soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga joylashtirilgan Ijara shartnomalarini hisobga olish interaktiv xizmati orqali yoki,2. Jismoniy shaxsning doimiy yashash, yuridik shaxsning davlat ro'yxatidan o'tgan joyidagi soliq inspektsiyasiga tashrif buyurgan holda.Agar Sizda elektron raqamli imzo mavjud bo'lsa, my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetingizga kirasiz va Ijara shartnomalarini hisobga olish xizmatini tanlab, hisobga qo'yish bo'yicha SO'ROVNOMAni to'ldirasiz va unga pasportingiz hamda ijara shartnomasining elektron nusxasini biriktirib Jo'natish tugmasini bosishingiz kifoya. br iO'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi 22.01.2019 y.i