Javob
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 01.04.2017-yildagi PQ-2863-sonli qarorida belgilangan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati 2022-yil 1-yanvargacha etib belgilangan.Bunda, Soliq kodeksiga asosan ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi soliq tolovchilar, yani tegishli litsenziya asosida tibbiy xizmatlarni korsatuvchilar uchun foyda soligi stavkasi nol foiz miqdorida belgilangan. 59 va 337-moddalarShuningdek, tibbiy xizmatlarni bundan kosmetologik xizmatlar mustasno realizatsiya qilish boyicha aylanma QQSdan ozod etiladi.243-moddaBundan tashqari, mol-mulk soligini hisoblab chiqarishda soliq bazasi sogliqni saqlash obyektlarining ortacha yillik qoldiq qiymatiga kamaytiriladi hamda ushbu obyektlar egallagan yerlar yer soligini hisoblashda soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga kiritiladi.414 va 428-moddalarBunda, aylanmadan olinadigan soliqni tolovchilar 2022-yil 1-yanvardan boshlab ushbu soliqni belgilangan tartibda hisoblab, byudjetga tolashlari lozim boladi.