Javob
Import qilingan tovar uchun 2-marta QQS tolanmaydi.Yangi tahrirdagi Soliq Kodeksining 255-moddasiga kora Ozbekiston Respublikasining hududi realizatsiya qilish joyi bolgan tovarlar xizmatlar soliq tolovchilar sifatida soliq organlarida hisobda turmagan chet ellik shaxslar tomonidan realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi soliq agentlari tomonidan ushbu tovarlarni xizmatlarni aksizlar aksiz tolanadigan tovarlar uchun va soliq hisobga olingan holda realizatsiya qilishdan olingan daromadning summasi sifatida aniqlanadi.Ozbekiston Respublikasi hududida tovarlarni xizmatlarni realizatsiya qilishga doir har bir operatsiya amalga oshirilganda soliq bazasi ushbu bolimning qoidalari hisobga olingan holda alohida aniqlanadi.Ushbu moddaga muvofiq soliq agentlari deb etirof etiladigan shaxslar tegishli soliq summasini hisoblab chiqarishi, soliq tolovchidan, u soliq tolovchi ekanligidan yoki soliq tolovchi emasligidan qati nazar, uni ushlab qolishi va byudjetga otkazishi shart.Agar kontraktlarning shartlariga muvofiq xizmatlar chet ellik shaxslar tomonidan soliqni hisobga olmasdan taqdim etilsa, ushbu xizmatlar boyicha soliq bazasi soliq agentlari tomonidan korsatilgan xizmatlarning qiymatidan kelib chiqqan holda, soliqni hisobga olmasdan aniqlanadi. Bunday holda soliq agenti tegishli soliq summasini mustaqil tarzda hisoblab chiqarishi va byudjetga otkazishi shart.